Bugun, 6 iyun kuni Xitoy poytaxti Pekin şahrida “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temiryöli qurilişi böyiça strategik loyihani amalga oşiriş töğrisidagi bitim imzolandi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tadbir iştirokçilariga videomurojaat yölladi.
“Mazkur temiryöl Xitoyni mintaqamiz bilan boğlovçi eng qisqa quruqlik yöliga aylanadi. Kelgusida uşbu yöl bizning mamlakatlarimizga istiqbolli Transafğon yölagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Şarq davlatlarining keng bozorlariga çiqiş imkonini beradi”, dedi prezident.

Bitimning imzolaniş marosimi munosabati bilan Xitoy rahbari Si Jinping va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov ham murojaat yöllagan.
Bitimga muvofiq, “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temiryöli Qaşğar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yönalişi böylab ötadi.

Mutaxassislarning qayd etişiça, yuk taşiş yillik hajmi 15 million tonnagaça yetişi mumkin, tovarlarni yakuniy iste’molçilarga yetkaziş muddati esa 7 kunga qisqaradi. Bundan taşqari, zamonaviy tranzit va logistika infratuzilmasi, omborxonalar va terminallar yaratiladi.
Avvalroq Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temiryöli qurilişi joriy yil oktyabr oyida boşlanişini aytgandi.

















