Özbekistonda ilk bor jahonning ekstroklassdagi 10 nafar yetakçi şaxmatçilari örtasida ötkazilayotgan, «UzChess Cup»—xalqaro şaxmat musobaqasining oçiliş marosimi Yoşlar işlari agentligi, Shakespear majmuasida bölib ötdi. 

Musobaqa Prezidentning 2023 yil 8 maydagi «2026 yil Özbekistonda bölib ötadigan 46-Butunjahon Şaxmat Olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik köriş hamda şaxmatni ommaviy harakatga aylantirişga oid çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida ötkaziladi. AloqaBank va Yoşlar işlari agentligi hamkorligida ötkazilayotgan turnir har tomonlama qiziqarli bölişi kutilmoqda. Ma’lumot uçun, AloqaBank rasmiy ambassadori — Nodirbek Abdusattorov hisoblanadi. 

«UzChess Cup» — xalqaro şaxmat musobaqasi umumiy mukofot jamğarmasi 166 000 AQŞ dollar. Musobaqaning maqsadi mamlakatda şaxmat sportini yanada kengroq tarğib qiliş va yoşlarni sport musobaqalariga ommaviy ravişda jalb qiliş, özbekistonlik şaxmatçilarning bilim va tajribalarini yanada rivojlantiriş, ularni munosib rağbatlantiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş, havaskorlar va yoş şaxmatçilarning sport malakalarini oşiriş.

Turnir uçta guruhda:

«Masters» guruhi FIDE reytingi 2700 va undan yuqori bölgan şaxmatçilar;

«Challengers» guruhi FIDE reytingi 2600 va undan yuqori bölgan şaxmatçilar;

«Futures» guruhi FIDE reytingi 2500 va undan yuqori bölgan şaxmatçilar örtasida ötkaziladi.

«Masters» guruhida ğolib va sovrindorlar qatoriga kira olmagan şaxmatçilar 5 000 dollar miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. «Challengers» guruhida ğolib va sovrindorlar qatoriga kira olmagan şaxmatçilar 2 000 dollar miqdorida pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.

Turnir taşkilotçilari: Yoşlar işlari agentligi, Özbekiston şaxmat federatsiyasi va Yoşlar işlari agentligining «Uzchess» loyihasi