14:08 / 10.06.2024
18037

Navoiyda uchta mashina to‘qnashgan YTHda 6 kishi halok bo‘ldi

“Navbahor-Nurota” yo‘lida bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan Damas mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Gentra qarama-qarshi tomondan kelayotgan Onix bilan to‘qnashgan. Buning oqibatida Onix’da bo‘lgan bir oilaning 5 a’zosi hamda Gentra’da bo‘lgan erkak voqea joyida vafot etgan.

Navoiyda bir necha insonning o‘limi bilan bog‘liq dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra YTH 9 iyun kuni soat 15:00 lar atrofida “Navbahor-Nurota” yo‘lida sodir bo‘lgan. Ushbu yo‘lda harakatlanib borayotgan Gentra haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan Damas mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lganda qarama-qarshi tomondan kelayotgan Onix bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Onix mashinasida ketayotgan bir oilaning 5 a’zosi, ya’ni 36 yoshli erkak, uning 58 yoshli onasi, turmush o‘rtog‘i, 2 yoshli o‘g‘li hamda 2 oylik qizi, shuningdek, Gentra haydovchi bo‘lgan erkak vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oldinroq Buxoro viloyatining Jondor tumanida Nexia g‘ildiragi yorilishi oqibatida YTHga uchrab, 3 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top