Bugun, 10 iyundan 2024-2025 öquv yili uçun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvçilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qiliş boşlandi.
Abituriyentlar röyxatdan ötiş jarayonida tizimga ID karta yoki tuğilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritiş bilan birga, quyidagi hujjatlarni elektron şaklda (PDF, JPEG) yuklaş lozim:
3,5x4,5 sm ölçamdagi 1 ta rangli fotosurat;
öqişga imtiyozli kiriş huquqini beruvçi hujjatlar - fan olimpiadasi ğolibi ekanligini tasdiqlovçi diplom, çet tili va umumta’lim fanlarni biliş darajasi töğrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bölsa).
Abituriyentlar röyxatdan ötişda:
- özlari tanlagan uçtagaça akademik litseyning bittadan mos yönalişini tanlaşi (bunda ta’lim tili bir xil bölişi kerak);
- va qaysi çet tilidan kiriş test sinovini topşirişini belgilaydi.
Abituriyent özi tanlagan hududda taşkil etiladigan kiriş test sinovlarida iştirok etadi.
Qabul jarayonlari 10 iyulga (şu kuni ham) qadar davom etadi.
Ma’lumot uçun, Toşkent davlat yuridik universiteti qoşidagi akademik litseylari uçun hujjatlar litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.
















