Rasmiy xabarga köra, Malavi mudofaa kuçlariga tegişli samolyot duşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:17 da mamlakat poytaxti Lilongve şahridan havoga kötarilgaç, radarlardan yöqolib qolgan.
Samolyot parvoz boşlanganidan 45 daqiqa ötib Mzuzu xalqaro aeroportiga (mamlakatdagi uçinçi eng yirik şahar) qönişi kerak bölgan.
Tegişli xizmatlar qidiruv va qutqaruv işlarini boşlab yuborgan. Respublika prezidenti Lazarus Makkarti Çakvera Baham orollariga rejalaştirilgan safarini bekor qilgan.
Malavi Respublikasi – Afrika qit’asining janubida joylaşgan, 20 millionga yaqin aholiga ega, dunyodagi eng qaşşoq mamlakatlardan biri.
Eslatib ötamiz, 19 may kuni bortida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va yana 6 kişi bölgan vertolyot Ozarboyjon bilan çegara yaqinida halokat uçragan, oqibatda ulardan heç biri tirik qolmagandi. Hodisa böyiça birlamçi hisobotga köra, halokatga uçragan vertolyot bölaklarida öq izlari yoki şunga öxşaş talafot aniqlanmagan, dispetçerlar va ekipaj örtasidagi suhbatlarda şubhali heç narsa sezilmagan.

















