Afrikada joylaşgan Malavi davlati vitse-prezidenti Saulos Klaus Çilima va yana töqqiz nafar yölovçi samolyot halokati qurboni böldi. 11 iyun kuni Malavi prezidenti ma’muriyati ma’lumotni tasdiqladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda harbiy samolyot halokati joyidan olingan kadrlar paydo böldi.

Poytaxt Lilongvedan Mzuzu şahriga uçayotgan samolyot keçasi radarlardan ğoyib bölgan edi.
Malavi prezidenti Lazarus Çakvera sözlariga köra, samolyot noqulay ob-havo şaroiti tufayli Mzuzu aeroportiga qöna olmagan va bir munça vaqt ötib radarlardan ğoyib bölgan.
Qidiruv ekipajlari Mzuzu janubidagi Çikangava örmonida yöqolgan samolyotning qoldiqlarini topgan.

Çilima 51 yoşda edi. Malavi hukumati veb-saytiga köra, u 2014 yilda vitse-prezident böldi va 2019 yilgi prezidentlik saylovida uçinçi örinni egallaganidan keyin 2020 yilda ikkinçi marta lavozimiga tasdiqlandi. 2022 yil oxirida Çilima korrupsiya mojarosiga aralaşdi va mamlakat Korrupsiyaga qarşi kuraş byurosi tomonidan hukumat şartnomalari evaziga tadbirkordan pora olganlikda ayblanib hibsga olindi. May oyida Çilima öz aybini rad etdi, Malavi hukumati unga qöyilgan barça ayblovlarni olib taşladi va tergovni töxtatdi. Çilima 2025 yilgi saylovda Malavi prezidentligi uçun ariza berişi mumkin edi.
Samolyot qulagan Çikangava örmoni 50 ming gektardan ortiq maydon. Bu Afrikadagi sun’iy ravişda ekilgan eng katta örmonlardan biridir.

















