The Economist turli mamlakatlardagi vaziyatni, koronavirus pandemiyasi davrida tutilgan yölni tahlil qilgan. Naşr Yangi Zelandiyada koronavirus bilan boğliq holat barqaror bölgani, faqatgina 25 kişi infeksiya tufayli vafot etganini qayd etadi. Tayvan esa sezilarli iqtisodiy ösiş körsatgani, koronavirusga qarşi samarali kuraş olib borgani uçun e'tirof etiladi.

Naşrga köra, garçi AQŞ koronavirusga qarşi kuraşda Italiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya kabi yomon harakat qilgan bölsa-da, ştatlarda vaksina dasturi ahamiyatga ega böldi. Şuningdek, AQŞda saylovçilar noyabrda Donald Tramp nomzodini rad etib, populizmning, yana bir global tabiiy ofatning, tarqalişini töxtatişga muvaffaq böldilar.

«Biroq yil mukofoti bu safar Afrika janubidagi davlatga nasib qildi. Tahlillarga köra, dunyoning 80 davlatida inson huquqlariga bölgan hurmat pasaygan bölsa, biz tanlab olgan davlatda esa, aksinça, inson huquqlari yaxşilandi. Bu – Malavi davlatidir.

Malavida 2019 yilda prezidentlikka saylov ötkazilgaç, unda Piter Mutarika yutib çiqadi. Biroq saylov natijalari soxtalaştirilgan edi. Saylovçilar esa «ştrix bilan özlaştirilgan» ğalabaga qarşi namoyişga çiqdilar va sud saylov natijalarini bekor qildi. Şu yil iyun oyida ötgan saylovda oppozitsion partiyadan nomzod Lazarus Çakvera prezidentlikka saylandi.

Malavi – qaşşoq, lekin qul emas. Odamlar demokratiya uçun oyoqqa turgan davlat – oldinga tomon eng katta qadam taşlagan davlatdir», – deb yozadi The Economist.

Eslatib ötamiz, The Economist 2019 yilda Özbekistonni «Yil davlati» deb e'lon qilgandi.

1843 yildan buyon çop etiladigan The Economist hozirda dunyo böylab har hafta 800 mingdan ortiq nusxada naşr qilinadi.