Hisorak suv omboridan suv sizib chiqqani haqida xabar tarqaldi. Rasmiylar ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilishdi
Qashqadaryo viloyatidagi Hisorak suv omboridagi texnik tadbirlar vaqtida to‘g‘ondan suv sizib chiqqan. FVV hodisada hech kim jarohatlanmagani, suv omboriga shikast yetmagani va vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini bildirdi.

Foto: Videodan kadr
10 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan Hisorak suv omboridan suv sizib chiqdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vaziyat yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, to‘g‘onning chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik-texnik tadbirlar vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan.
Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilgan. FVVning qo‘shimcha qilishicha, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlar olib borilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Suv omboriga shikast yetmagan.
«Ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan», deyiladi xabarda.
Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov hamda Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev Hisorak suv ombori oldida turib, holat bo‘yicha videomurojaat yo‘lladi.
Unda aytilishicha, har yili yoz fasli boshida paxta va g‘allani sug‘orish maqsadida Qamashi tumanidagi Chimqo‘rg‘on suv omboriga suv chiqariladi. Joriy yilda ham shu tadbir amalga oshirilgan vaqtda suv sathi ko‘tarilishi kuzatilgan.
Mas’ullar aholidan vahimaga tushmaslikni, hammasi nazorat ostida ekanligini, hech qanday jiddiy xavf yo‘qligini, yolg‘on xabarlarga ishonmaslikni ta’kidlashgan.
Shuningdek, aholidan o‘z yashash joylarini tark etmaslik, aksincha hamma o‘z yashash uyida qolib, tunni sokin o‘tkazishlari so‘ralgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Geografik ko‘rsatkichlarni rivojlantirish bo‘yicha oriGIn Uzbekistan tashkiloti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 08:50
-
Kellog: Kiyev Rossiyaga to‘rtta hududini berishga rozi bo‘lmaydi
Jahon | 08:35
-
Toshkentda podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 08:11
-
Ukraina 2024 yilda 9 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ ishlab chiqardi
Jahon | 08:09
Mavzuga oid

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025
Qarshi shahri hududi qariyb 2 barobar kengayadi

20:21 / 12.03.2025