Jinoyat işlari böyiça Qörğontepa tuman sudida ötkazilgan sud majlisida oğir bemor uçun va masjid qurilişiga xayriyadan yiğilgan pullarni özlaştirib yuborgan fuqaroga sud hukmi öqildi.

Sud hujjatlaridan ma’lum bölişiça, Xorazm viloyatida yaşovçi, avval ham turli jinoyatlarni sodir etgani uçun 8 marta (!) sudlangan Jasur Allaberdiyev yana fuqarolarni çuv tuşirib, pullarini özlaştirgan.

U 2023 yilda Telegramdagi guruhlardan birida bemor fuqarolardan birining Hindistonga borib davolanib kelişi uçun pul yiğilayotgani haqidagi e’longa közi tuşib qoladi.

Paytdan foydalangan retsividist bemor bilan boğlanib, unga pul xayriya qilmoqçi ekanini aytadi. Söng uni aldab karta ma’lumotlarini qölga kiritadi va bemorning bank kartasidagi 7 mln söm pulni qölga kiritib, öz ehtiyoji uçun işlatib yuboradi.

J.A. jinoiy harakatlarini davom ettirib, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida qurilayotgan masjid uçun pul bermoqçiligini aytib, boşqa bir fuqaroning bank karta ma’lumotlarini bilib oladi va uning 2 mln söm pullarini özlaştiradi.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat işlari qözğatiladi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan suriştiruvlar davomida 2023 yil dekabr oyida Jasur Allaberdiyev qölga olinadi.

Suriştiruvlar davomida Jasur Allaberdiyev firibgarlik bilan özlaştirgan pullarini “1Xbet” internet qimor öyiniga tikib yuborgani aniqlangan.

2024 yil 26 mart kuni işni körib çiqqan Jinoyat işlari böyiça Qörğontepa tuman sudi sudyasi Ozod Ne’matillayev Jasur Allaberdiyevni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, “b” va “g” bandlari bilan aybdor deb topgan va unga 6 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlagan.