Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

Qurbon hayiti munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2024 yil 15 iyundan 18 iyungacha mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha aviaqatnovlarni bajaradi.

Ular:

  • Toshkent – Namangan – Toshkent – 15 iyun;
  • Toshkent – Buxoro – Toshkent – 15, 17, 18 iyun kunlari;
  • Toshkent – Termiz – Toshkent – 15, 16, 17, 18 iyun kunlari;
  • Toshkent – Samarqand – Toshkent – 16 iyun kunlari;
  • Toshkent – Urganch – Toshkent – 16, 18 iyun kunlari;
  • Toshkent – Farg‘ona – Toshkent – 17 iyun kunlari.