09:49 / 12.06.2024
4155

Metro Qurbon hayiti kuni ikki soatga vaqtliroq ish boshlaydi

Qurbon hayiti kunida Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Foto: Kun.uz

Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti qanday tartibda amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

2024 yil 16 iyun — Qurbon hayiti kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. 

Bundan tashqari, Qurbon hayiti kunida Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.

Mavzuga oid
Top