Avvaliga qölida qalam tutişga qinalgan Adisa hozir daftarga qunt bilan husnixat yozmoqda, endi u yozayotgan harflar, ayniqsa boş harflar binoyidek çiqmoqda.

— Qarang, «A» qanday çiroyli çiqdi! — xursand böladi qiz.

— Yaxşi, yanada harakat qil! — qöllaydi onasi.

Ota-ona qizining muvaffaqiyatidan xursand. Ammo buning ortida qançalar iztirob va taşviş yotgani faqat ularga ayon.

— Qölida çandiqlar bor, barmoqlar qisqa bölib qolgan. Lekin muhimi, endi qizim qalam tutişni biladi, çiziş va yozişni örganmoqda. Uşbu könikmalarsiz u qiyin davrni boşidan keçirdi. Axir, bir neça yil oldin, uning yoziş yoki çizişi mumkinligini heç kim tasavvur ham qila olmasdi.

Adisa Abdullayeva

Adisa yetti yoşga tölganda köplab bolalar singari maktabga borişni orzu qilsa-da, ota-onasi tengdoşlari tomonidan masxara bölişidan qörqib, uni uyda öqitişga qaror qilişdi. Uning oldiga toğli Urgut tumanidagi 7-maktabdan har kuni öqituvçilar keladi. Qiz heç qaçon dars qoldirmaydi va öqituvçi körsatmalarini astoydil bajaradi.

Onasining (u anonim qolişni afzal kördi) sözlariga köra, qiz maktabga borişni va tengdoşlari bilan muloqot qilişni juda xohlaydi. Ammo, ona qizidan xavotirda va albatta birinçi navbatda uni himoyasini öylaydi.

Öziga xos bolalarning bunday hikoyalari kam emas. Nogiron bolalar! Ular ham jamiyatda boğça va maktablarga boriş huquqiga ega bölişiga qaramay, munosabatlar hali-hamon öşa-öşa. Ota-onalar farzandini maktabga yuborişda atrofdagilar tomonidan izza va kamsitişlarga, kamçiliklarga duç bölişidan qörqişadi. Bundan taşqari, ana şunday xavotirda bölgan ayrim ota-onalar hatto «nuqsonli bolani dunyoga keltirgani» uçun aybdorlik hissini tuyişadi. Qayğu va alamga botib, barça sinovlarni faqatgina öz gardaniga olişadi.

— Albatta, har bir ona öz farzandini himoya qilişga va uni muammolardan xoli qilişga harakat qiladi, — deydi Adisaning onasi. — Oilamizda qizimizning maktabga borişi haqida savol tuğilganda, men qarşi edim. Nazarimda, tengdoşlari bolamni masxara qilib, uning nogironligini rökaç qiladigandek edi. Yillar ötib, farzandimni çeklab, uni tengdoşlari bilan muloqot qilişdan mahrum qilişimni, rivojlanişiga va tögaraklar, musobaqalar hamda maktabning ijtimoiy hayotida qatnaşişiga tösqinlik qilayotganimni angladim. Bola jamiyatda ijtimoiylaşişi kerakligini tuşundim. Öylaymanki, yangi öquv yilida qizimning orzusi uşaladi va u ilk bor partaga ötiradi.