AQŞ Moliya vazirligi Rossiya valuta bozorida dollar savdosiga vositaçilik qiluvçi bir neçta moliya institutlariga, xususan, Moskva birjasi, Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.
Buning natijasida Moskva birjasi 13 iyundan boşlab dollar va yevro savdosini töxtatdi. RBK xabariga köra, valuta ayirboşlaş şoxobçalarining ba’zilarida dollarning eng yuqori qiymati 12 iyun kungi mahalliy vaqt bilan soat 19:15 holatiga köra 200 rublgaça kötarilgan. Şu bilan birga, yevro sotib oliş kursi ham 160 rublgaça oşgan. Oradan biroz vaqt ötib, kurs biroz barqarorlaşdi. Şunday bölsa-da, onlayn banklarning aksariyati dollar sotişni töxtatdi.
Rubl kursidagi yuqori tebranuvçanlik
Moskva birjasi – Rossiya moliyaviy infratuzilmasining muhim qismidir. Unda banklar, korxonalar va investorlar turli xil valutalar – dollar, yevro va yuanni sotib oladi va sotadi. Rossiya Markaziy banki kunning birinçi yarmidagi savdolarning borişiga qarab, rubl kursini belgilaydi. Keyinçalik bu kurs banklardan valuta sotib oliş mumkin bölgan örtaça qiymatni aniqlab beradi. Yangi sanksiyalar esa mazkur tizimni buzdi.
“Eng asosiy oqibat rubl kursi volatilligining ösişi böladi”, dedi Bloomberg Economics'ning Rossiya, Markaziy va Şarqiy Yevropa böyiça boş iqtisodçisi Aleksandr Isakov BBC bilan suhbatda.
Ukrainada uruş boşlanganidan söng, köplab xorijiy investorlar Rossiya bozorini tark etgandi. Xorijiy valutaning çiqib ketişi ortidan rublning tebranişlari ança kuçaydi. Masalan, 2023 yilda rublning uzoq davom etgan pasayişi kuzatildi. 2023 yilda dollarning rublga nisbati 70 dan 104 gaça özgarib turdi. Rasmiylar esa buni turli xil ma’muriy qarorlar bilan töxtatişga harakat qilib kelyapti.
Moliyaçi Sergey Romançuk spredlarning ösişi, ya’ni valutani sotiş va sotib oliş kursi örtasidagi farq yuqori bölişi, banklar bundan yaxşi pul işlaşlari mumkinligi haqida yozdi. Şuningdek, u valuta savdosi hajmining yanada qisqarişini prognoz qildi.
“Kelajakda yuan savdosi bilan ham nima bölişi noaniq”, deydi Romançuk. Uning fikriça, Xitoy rasmiylari Rossiya milliy kliring depozitariysiga xizmat körsatişni istamasligi mumkin.
Avvalroq, OAVda Xitoy banklari ikkilamçi sanksiyalardan qoçiş uçun Rossiyadan keladigan pul ötkazmalarini ikki marta tekşirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
“Bozor uçun bu sanksiyalar unçalik katta voqea emas, oddiy ruslar uçun esa juda kiçik voqea. Ammo Moskva birjasining özi uçun bu muhim”, deydi T-Investmens boş iqtisodçisi Sofya Donets.
Endi Rossiya Markaziy banki valuta kursini qanday belgilaydi?
Bugungi kungaça Rossiya Markaziy banki rasmiy dollar va yevro kurslarini belgilaşda birja savdolari haqidagi ma’lumotlardan foydalangan. Moskva birjasiga qarşi sanksiyalar qöllangandan söng, regulyator rasmiy dollar va yevroning rublga nisbatan qiymatini bank hisobotlari va birjadan taşqari raqamli platformalardan olingan ma’lumotlar orqali aniqlanişini e’lon qildi.
RF Markaziy banki rublning “yagona bozor kursi” mavjud bölişda davom etişini va’da qilmoqda. Regulyator, şuningdek, aholini ular uçun heç narsa özgarmasligiga işontiryapti: bunday keyin ham valuta sotib oliş va sotiş mumkin böladi. Banklar va moliyaviy kompaniyalar ham bu ularning işiga ta’sir qilmasligini ta’kidlaşgan. Markaziy bankning sönggi tahlili natijalariga köra, valuta savdolarining umumiy hajmida birjadan taşqari bozor uluşi birja bozori uluşidan allaqaçon oşib, 58,1 foizni taşkil etgan.
Bu yerda eng asosiy xavf Rossiya moliya tizimining qulay va xavfsiz valuta ayirboşlaş vositasidan mahrum bölişidir.
Iqtisodçi Aleksandr Isakovning fikriça, mamlakatda valuta taqçilligi kuzatilmaydi.
“Ehtimol, asosiy ta’sir çet el valutasining tanqisligi bölmaydi, ammo eksportyorlar va importerlar uçun tranzaksiya xarajatlari oşadi”, – deydi Isakov.
Uning fikriça, uzoq muddatli istiqbolda sanksiyalar kapitalning çiqib ketişiga va rublning zaiflaşişiga olib keladi.
Renaissance Capital boş iqtisodçisi Oleg Kuzminning fikriça, dollar va yevro kurslarini hisoblaş uçun asos sifatida birjada mavjud bölgan yuanning rublga nisbatan qiymati olinadi.
“Markaziy bank esa dollar-rubl kursini uşbu valutalar emitent davlatlaridan birining Markaziy banki tomonidan belgilangan yuan-dollar kursidan foydalangan holda belgilaydi. Bu amaliyot rublning xalqaro valutalar katta qismiga nisbatan kursini belgilaşda ham qöllanadi”, deb tuşuntirdi Kuzmin.
Markaziy bankning qöşimça qilişiça, agar bank hisobotlari va raqamli platforma ma’lumotlari ham mavjud bölmasa, dollar, yevro va yuanning rublga nisbatan rasmiy kursi avvalgi kundagi qiymatga tenglaştiriladi.
Romançuk Moskva birjasida dollar va yevrodagi savdolarning töxtatilişini “90-yillarga qaytiş” deya ta’rifladi.
“Bir paytlar markazlaşgan kliring va elektron valuta savdosi ham bölmagan, odamlar yaşardi!” – deya yozadi u. Romançukning fikriça, muqobil elektron platforma paydo bölişi mumkin, ammo u Moskva birjasi örnini birdaniga bosişi imkonsiz.
Rubl zaiflaşadimi?
Bloomberg iqtisodçisi Aleksandr Isakovning fikriça, sanksiyalar natijasida rubl köpi bilan 10 foizgaça zaiflaşişi mumkin.
“Bu holatda Rossiya banki va Moliya vazirligi stavkalarni kötariş va valuta taklifini oşiriş orqali zarbani yumşatişga harakat qiladi”, deya ta’kidlaydi Isakov.
Valuta Rossiyaga birja orqali emas, balki eksport-import kanali orqali kirib keladi. Şu jihatdan, köpçilik mutaxassislar sanksiyalar rublning keskin zaiflaşişiga ta’sir qilmaydi, deb hisoblaşyapti.
CEPA ilmiy xodimi Aleksandr Kolyandr The Bell naşriga ma’lum qilişiça, sanksiyalar rubl konvertatsiyasining çeklanişi, Rossiyadan valuta olib çiqiş qimmatlaşişi, rossiyalik eksportyorlar uçun valutani manfaatli kursda sotiş qiyinlaşişiga olib keladi.
Sanksiyalar va rubl kursi özgarişining Özbekistonga ta’siri
Pul ötkazmalariga ta’siri. Özbekistonga pul ötkazmalarining katta qismi Rossiyadagi mehnat muhojirlari hissasiga töğri keladi. Markaziy bank ma’lumotlariga köra, 2024 yilning I çoragi davomida pul ötkazmalarining umumiy hajmi 2,5 mlrd dollarni taşkil qilgan. Şundan qariyb 68 foizi – Rossiyadan yuborilgan ötkazmalar. Rubl qadrining tuşib borişi esa asosiy daromadi xorijdan yuboriladigan mablağlarga boğliq bölgan oilalarni nisbatan kambağallaştiradi va ularning iste’moli quvvatini pasaytiradi.
Eksport tuşumlariga ta’siri. 2024 yilning yanvar-aprel oylarida Rossiya va Özbekiston örtasidagi özaro tovar aylanmasi 3,8 mlrd dollarni taşkil etgan. Şundan, eksport hajmi – 1,02 mlrd dollar. Rossiya bozori Özbekiston eksporti uçun asosiy bozor hisoblanadi. Özbekistonlik eksportçilar Rossiyaga mahsulot yetkazib berayotganda mahsulot tannarxi Rossiya bozoridagi narxlarga qarab belgilanadi. Valuta kursining özgarişi esa dollar hisobidagi tuşumning pasayişiga olib keladi.
Ehtimoliy sanksiyalar xavfi. Sanksiyalar röyxatiga qöşilganidan söng, Moskva birjasi “öta xavfli” kontragentga aylandi. Bu esa mazkur birja bilan bilan işlaşi mumkin bölgan Özbekistondagi taşkilotlarni ham ikkilamçi sanksiyalar xavfi ostida qoldiradi.












