Joriy yilning 12 iyun kuni Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi huzurida taşkil etilgan Özbekistonda ösmirlar va yoşlar ruhiy salomatligini profilaktika qiliş va mustahkamlaş masalalari böyiça idoralararo işçi guruh yiğilişi bölib ötdi.
Yiğiliş davomida ösmirlar va yoşlar örtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining oldini oliş yuzasidan olib borilayotgan işlar holati muhokama qilindi.
Sönggi uç yil (2021-2023 yillar) mobaynida mazkur yönalişda 25 mingga yaqin jinoyat işi qözğatilib, 17 mingdan ortiq şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Şundan 5 mingga yaqini (30 foiz) 30 yoşgaça bölgan şaxslarni taşkil etgan.

Tahlillarga köra, narkojinoyat sodir etgan yoşlarning soni yildan yilga ösib bormoqda. Xususan, 2021 yilda bunday jinoyatlar sodir qilganlarning 23 foizini yoşlar taşkil qilgan bölsa, 2022 yilda 24,6 foizga, 2023 yilda esa 31,2 foizga yetgan.
Internetda psixotrop moddalar savdosiga ixtisoslaşgan 52 ta axborot resursi aniqlangan. Ularning 14 tasi veb-saytlarni, 38 tasi esa Telegram messenjerini taşkil etgan. Telegram-kanallar orqali 120 mingga yaqin foydalanuvçi qamrab olingan.

IIV mas’ullari uşbu illatga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş borasida körilayotgan ta’sirçan çoralar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berib ötdi.

















