Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi Amerikaning The Wall Street Journal naşri muxbiri, josuslikda ayblanayotgan Evan Gerşkoviçning jinoiy işi böyiça ayblov xulosasini tasdiqladi. Bu haqda 13 iyun, payşanba kuni nazorat idorasi matbuot xizmati Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

«Tergov The Wall Street Journal gazetasining amerikalik jurnalisti Gerşkoviç Markaziy razvedka boşqarmasi körsatmasi bilan 2023 yil mart oyida Sverdlovsk viloyatida «Uralvagonzavod» mudofaa korxonasi işlab çiqariş va ta’mirlaş böyiça faoliyati töğrisida maxfiy ma’lumotlarni töplaganini aniqladi va hujjatlaştirdi», - deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati xabarida. Ta’kidlanişiça, Gerşkoviç «maxfiylik çoralariga» ham amal qilgan.

Dastlabki tergovni Rossiya «FSB»ning Tergov boşqarmasi olib bordi. Jinoiy iş mazmunan körib çiqiş uçun Sverdlovsk viloyat sudiga yuborilgan. 

WSJ muxbiri Gerşkoviçning Rossiyada ta’qib qilinişi

The Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviç 2023 yilning 29 martida Yekaterinburgda qölga olingan va keyinçalik josuslikda ayblangan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga köra, jurnalist «Amerika tomonining körsatmalariga binoan Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan biri faoliyati töğrisida davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlarni töplagan». Gerşkoviçning özi ham, naşr ham ayblovlarni rad etadi. Oq uy ularni «bema’ni» deb atadi. 

AQŞ prezidenti Jo Bayden jurnalistning ota-onasiga umidini uzmasligiga va’da berdi. «Biz Rossiyaning amerikaliklardan savdo vositasi sifatida foydalanişga bölgan dahşatli urinişlarini qoralaşda va jazolaşda davom etamiz. Erkin jamiyat ustuni bölgan matbuotga hujum qiliş yoki jurnalistlarni ta’qib qilişga intilayotgan har qanday şaxsga keskin qarşilik körsatişda davom etamiz». 

Gerşkoviçni Vadim Krasikovga almaştiriş muhokamasi 
 
Joriy yilning fevral oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan intervyuda amerikalik jurnalist Taker Karlson unga Gerşkoviçni «yaxşi niyat belgisi sifatida» ozod qilişni taklif etdi, şunda Karlson uni Qöşma Ştatlarga olib ketişi mumkin bölardi. Bunga javoban Putinning aytişiça, Rossiya şunçalik köp xayrixohlik körsatganki, u «barça limitni tugatganga öxşaydi». Şunga qaramay, Putin Gerşkoviçni almaşiş variantini rad etmadi. 

The Wall Street Journal 2023 yil sentabrida Putin Rossiya maxsus xizmatlari xodimi ekani aytilayotgan Vadim Krasikovni ozod qilişga şaxsan buyruq berganini yozgan edi. Krasikov Germaniyada çeçen bölginçilarining sobiq dala qömondoni Zelimxon Xanqoşvilini öldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. WSJ ma’lumotlariga köra, Krasikovning ismi Rossiyada josuslikda ayblanib sudlangan AQŞ fuqarolari Pol Uilan va jurnalist Evan Gerşkoviçni almaşiş böyiça muzokaralar çoğida tilga olingan.