Yevro-2024 öyinlar qayerlarda bölib ötadi va asosiy sanalar

Futbol böyiça 2024 yilgi Yevropa çempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar bölib ötadi. Bu safargi öyinlarga mamlakatning önta şahri mezbonlik qiladi: poytaxt Berlin, şuningdek, Hamburg, Gelzenkirhen, Dortmund, Dyusseldorf, Kyoln, Leypsig, Myunxen, Frankfurt va Ştutgart.

Yevropa çempionati öyinlarini «Olimpiaştadion», «BVB-Ştadion», «Dyusseldorf Arena», «Frankfurt Arena», «Arena AufŞalke», «Folksparkştadion», «Kyoln Ştadion», «Leypsig Ştadium», «Alyans Arena», «Ştutgart Arena» stadionlari qabul qiladi.

Yevro-2024 guruh bosqiçi 14 iyunda boşlanib, 26 iyunga qadar davom etadi. Pley-off uçraşuvlari 28 iyun kuni, 1/8 final bosqiçidan boşlanadi. Çorak final öyinlari 5 va 6 iyul, yarimfinallar — 9 va 10 iyul kunlariga belgilangan. Final 14 iyul kuni Berlindagi «Olimpiaştadion» arenasida ötkaziladi.

Yevropaning amaldagi çempioni Italiya milliy jamoasidir. Yevro-2020 finalida italyanlar 11 metrlik zarbalar seriyasida Angliyani mağlub etişgan (1:1, penaltilar böyiça — 3:2).

E guruhi jamoalari

Yevro-2024 E guruhidan Slovakiya, Belgiya, Ruminiya, şuningdek Millatlar ligasi pley-off bosqiçi orqali çiqqan — Ukraina.

Ukraina milliy jamoasi Sergey Rebrov boşqaruvida saralaşnin C guruhida 14 oçko töplab, Angliya va Italiyadan keyingi (oçkolar soni teng holatida italyanlar faqat qöşimça körsatkiç böyiça oldinga çiqdi) uçinçi örinni egalladi. Ukrainlar ötiş öyinlari pley-offida Bosniya va  Islandiya tösiğidan ötib, Yevropa çempionatining final qismiga yöllanma olişdi. Yevro-2020 turnirida ukrainlar milliy jamoasi çorak finalga qadar yetib borib, Angliyaga yirik hisobda (0:4) yutqazgan holda ortga qaytgandi.

Slovakiya milliy jamoasi Françesko Kalsona boşqaruvida Yevro-2024 saralaşining J guruhida ikkinçi örin bilan çiqdi. Yevro-2020 turnirida slovaklar E kvartetida uç oçko bilan uçinçi örinni egallagan va guruhda qolib ketgandi.

Belgiya milliy jamoasi Domeniko Tedesko boşqaruvida Yevro-2024 saralaşi F guruhida birinçi örinni egalladi. Oldingi turnirda belgiyaliklar çorakfinalda Italiyaga yutqazgandi (1:2). 

Ruminiya milliy jamoasi Eduard Yordanesku boşçiligida saralaşning I guruhida birinçi böldi. Ruminlar Yevropa çempionatida sönggi bor 2016 yilda iştirok etgan va A guruhida atigi bir oçko olib, guruhdan çiqa olmagandi.