Yadroviy barqudrat davlatlar sönggi beş yil içida öz arsenallarini modernizatsiya qilgan holda yadroviy qurolga sarflanadigan xarajatlarni uçdan bir qismga oşirdi, deb xabar bermoqda Yadro qurollarini bekor qiliş böyiça xalqaro kampaniya (ICAN) duşanba kuni e’lon qilingan yangi hisobotida. Uşbu tadqiqotda keltirilgan raqamlar Stokholm xalqaro tinçlik tadqiqot instituti (SIPRI) tomonidan ilgari e’lon qilingan hisobotda keltirilgan xulosalarni tasdiqladi.

ICAN ma’lumotlariga köra, töqqizta yadroviy barqudrat davlat - AQŞ, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Fransiya, Britaniya, Isroil, Pokiston va Şimoliy Koreya ötgan yili yadro arsenallariga 91 milliard dollar sarflagan, bu mablağning yarmidan köpi - 51,5 milliard dollar AQŞ hissasiga töğri keladi. Ikkinçi örinda katta farq bilan Xitoy (11,8 milliard dollar) joylaşgan. Uçinçi örinda Rossiya (8,3 milliard). 

Birgina 2023 yilda yadro quroliga sarflangan xarajatlar butun dunyo böylab 10,8 milliard dollarga oşdi va bu mablağning asosiy uluşi – 80 foiz - AQŞ hissasiga töğri keldi. Britaniyada yadro quroliga sarflangan xarajatlar ketma-ket ikkinçi yil (+17 foiz) ortdi va ötgan yili 8,1 milliard dollarni taşkil etdi. Fransiya, Hindiston, Isroil, Pokiston va Şimoliy Koreyadagi xarajatlar ICAN birinçi hisobotini taqdim etgan 2018 yildagi 68,2 milliard dollardan 33 foizdan köproqqa oşdi.

Yadro arsenallari uçun katta xarajatlar 

ICAN hisob-kitoblariga köra, öşandan beri yadroviy barqudrat davlatlar yadro arsenallariga jami 387 milliard dollar sarflagan. Taşkilot rahbari Melissa Park «yadro quroliga milliardlab dollarlar sarflanayotganini, bu davlat mablağlarining yöl qöyib bölmaydigan isrofgarçiligi» ekanini ta’kidladi. Uning ta’kidlaşiça, bu mablağ, BMTning Jahon oziq-ovqat dasturiga köra, butun dunyo böylab oçarçilikni tugatiş uçun yetarli böladi. 

«Yadroviy qurolga sarflangan har bir daqiqa uçun bir million daraxt ekiş mumkin», deya qöşimça qildi u va yadroviy qurolga sarflangan mablağlar juda köp ekanligini, pullar yadroviy tiyib turiş doktrinasiga köra heç qaçon qöllanmaydigan qurollarga sarflanişini ta’kidladi. «Bu sarmoyalar nafaqat isrofgarçilik, balki öta xavfli hamdir. Agar yadroviy qörqitiş pozitsiyasi işlamasa nima böladi?» - dedi Melissa Park.

Yadro qurollarini bekor qiliş böyiça xalqaro kampaniya (ICAN) 2021 yilda kuçga kirgan Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomani işlab çiqişdagi muhim roli uçun 2017 yilgi tinçlik uçun Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. ICAN hisoboti hammuallifi Alişa Sanders-Zakre «töqqizta yadroviy barqudrat davlat Armageddonga sarmoya kiritiş örniga, dunyoning deyarli yarmini taşkil qiluvçi davlatlardan örnak olişi va uşbu şartnomaga qöşilişi, şu orqali global xavfsizlikka haqiqiy hissa qöşişi kerak», dedi.