O‘zbekiston | 10:03 / 17.06.2024
1536
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mahalliy davlat boshqaruvi sohasida Shvetsiya tajribasini o‘rganishni boshladi

Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi sektor mudiri Mirafzal Miroqilov boshchiligidagi delegatsiyaning Shvetsiyaga tashrifi uyushtirildi.

Foto: "Dunyo" AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, safar davomida Stokholm shahri deputatlar kengashi rahbari Olle Burell, Mahalliy demokratiya bo‘yicha Xalqaro shved markazi bosh kotibi Yoxan Lili, Shvetsiya parlamenti a’zolari Martin Brozek va Edvin Xillesoy, Mahalliy hokimiyat va mintaqalar assotsiatsiyasi (SALAR) katta maslahatchisi Magnus Lilestrem, Xalqaro aloqalar instituti va Mudofaa instituti ekspertlari Yoxan Engvall va Mikael Vaysmann bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Mamlakat vakillari Shvetsiyaning mahalliy deputatlar kengashi va hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha tajribasi bilan tanishdi. Tomonlar O‘zbekiston sharoitida Shvetsiyaning ushbu jabhadagi tajribasini tatbiq qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Tashrif yakunida shved tomoni bilan ushbu sohada hamkorlikni  rivojlantirish bo‘yicha muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid