Prezident Şavkat Mirziyoyev «Inno» innovatsion öquv-işlab çiqariş texnoparkida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlaş va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Yiğilişda 36 ta oliygoh rektori qatnaşdi. Oliygohlar fundamental tadqiqotlar ötkaziş bilan çeklangani, iqtisodiyot uçun amaliy işlanmalar juda kamligi körsatib ötildi.
Muhandislik yönalişida yuzlab startap va innovatsion loyihalar amalga oşmay qolib ketayotgani qayd etildi. Oliygoh bilan sanoat örtasida uziliş borligi qayd etildi, rektorlar korxonalarga borib, yangi texnologiyalar bilan tanişmayotgani, uskuna va dastgohlarni örganmayotgani, hokim va vazirlar esa örtada köprik bölib, buni taşkillaştirmayotgani haqida qat’iy e’tiroz bildirildi.
Qayd qilinişiça, texnika oliygohlarida yönaliş va mutaxassisliklar işlab çiqaruvçilar talablariga mos emas. Masalan, Davlat texnika universitetidagi 76 ta bakalavr yönalişidan 45 tasi, 73 ta magistratura mutaxassisligidan 51 tasi bugungi kunda yetakçi xorijiy texnika oliygohlarida öqitilmaydi. Oqibatda muhandislarning 60 foizi özi öqigan yönalişida işlamayapti.
Bu yil muhandislik oliygohlarini «yengil sanoat konstruksiyasi» yönalişida Buxoroda – 86 nafar, Jizzaxda – 117 nafar, Surxondaryoda – 56 nafar, Farğonada – 126 nafar, Toşkent şahrida bor-yöği 153 nafar talaba bitirmoqda. Hokimlar öz hududida aniq mutaxassisga şunça ehtiyoj böla turib, rektorlar bilan işlamayotgani, oliygohlarga buyurtma bermayotgani tanqid qilindi.

Bugungi kunda butun dunyoda sanoatda tannarxni kamaytiriş masalasi juda dolzarb. Xorijiy oliygohlarda “tannarx muhandisligi” (kost injiniring) degan fan bor, hatto kadrlar tayyorlanadi. Yoki, “qiyoslaş muhandisligi” (bençmarking) orqali eng yaxşi amaliyot va yutuqlar tahlil qilinib, ulardan andoza olib, işlab çiqarişda joriy qiliş örgatiladi. “Qayta muhandislik” (reversiv injiniring) tayyor mahsulotni olib, işlaş mexanizmini bölaklarga bölib, mualliflik huquqini buzmagan holda, öxşaş mahsulot yaratişni örgatadi. Prezident birorta texnika oliygohida bularga öqitiş yölga qöyilmaganini afsus bilan qayd etdi.
Oqibatda mahalliy sanoat tarmoqlari katta mablağ sarflab, işçilarini xorijda öqitişga yoki çetdan mutaxassis olib kelişga majbur.
Oxirgi yetti yilda oliy ta’lim qamrovi 5 barobar, ya’ni 9 foizdan 42 foizga oşgani bilan yoşlarning muhandislik-texnikaga qiziqişi juda pastligi qayd etildi. 2023 yil sörovnomasida atigi 8 foiz maktab bitiruvçisi şu sohani tanlagan.









