CEOWORLD Magazine ma’lumotlariga köra, Özbekiston yalpi örtaça oylik iş haqi böyiça dunyo reytingida 119-örinni egalladi. Mamlakatda örtaça iş haqi 351 dollarni taşkil etadi.

Yalpi iş haqi — bu soliqlar va boşqa ajratmalar çiqarib taşlanişidan oldingi umumiy iş haqi. Tadqiqotçilar taqqoslaş oson bölişi uçun reytingni AQŞ dollarida hisoblagan.

Özbekiston yalpi iş haqi darajasi böyiça MDH davlatlari orasida 7-örinni egalladi. Eng yuqori körsatkiç Rossiyada qayd etildi - $2159. Undan keyingi örinlarni Qozoğiston ($673), Turkmaniston ($654), Belarus ($621), Armaniston ($541), Moldova ($508) va Ozarboyjon ($494) egalladi.

Özbekistondan quyida Qirğiziston ($228) va Tojikiston ($169) joy olgan.

Dunyodagi eng yuqori iş haqi, reytingga köra, Şveytsariyada kuzatilgan - $8100. Birinçi uçlikka Lyuksemburg ($6633) va AQŞ ($6455) kirdi. Eng past maoş Lesoto ($24), Angola ($27) va Malavida ($31) qayd etildi.