Ma’lum qilinişiça, bolalar ombudsmaniga Toşkent viloyati Nurafşon şahrida yaşovçi fuqaro Y.N.ning murojaati kelib tuşdi. Unda aytilişiça, joriy yilning 11 iyun kuni qöşnisi, 1964 yilda tuğilgan S.Ş. 2018 yilda tuğilgan qiziga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Mazkur holatni bolalar ombudsmani nazoratiga oldi. Ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv doirasida bolaga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. 19 iyun kuni Nurafşon şahar IIB Tergov bölinmasi tomonidan S.Ş.ga Jinoyat kodeksi 129-moddasi 2-qismi (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) bilan jinoyat işi qözğatildi.
Keça, 20 iyun kuni sudga S.Ş.ga nisbatan qamoq ehtiyot çorasini qöllaş töğrisida iltimosnoma kiritildi. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan mazkur jinoyat işi böyiça öz vakolatlari doirasida kuzatuvni davom ettiradi.

















