Joriy yilning 26-30 iyun kunlari Xitoyning Urumçi şahrida EKSPO “Xitoy-Yevrosiyo” sakkizinçi xalqaro körgazmasi bölib ötadi.
Mazkur EKSPOda faxriy mehmon sifatida Qirğiziston boş vaziri, Qozoğiston boş vazirining örinbosari, şuningdek, 40 dan ortiq xorijiy hukumatlar vakillari iştirok etişi kutilmoqda.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga asosan, boş vazir boşçiligidagi mamlakat hukumati delegatsiyasi mazkur tadbirda qatnaşiş uçun Urumçi şahriga taşrif buyurdi.
Bugun, 25 iyun kuni Urumçi şahriga taşrif doirasida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Şinjon-Uyğur avtonom rayoni Partqömi kotibi Ma Sinjuy boşçiligida ikki tomonlama uçraşuv ötkazildi.

















