Istiqbolli loyihalar milliy agentligining bildirişiça,“Hamster Kombat” öyini Play to earn (öyin orqali real pul yoki boşqa qimmatli mukofotlarni oliş mumkin bölgan) toifasidagi öyinlar qatoriga kirmaydi. Çunki öyinda töplangan tangalar (hisob birliklari), utilitar kripto-aktivlardan farqli ölaroq, ta’minlanmagan va real foyda keltirmaydi.

Agentlikning tuşuntirişiça, Hamster kripto-aktiv hisoblanmaydi. Çunki Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga köra, kripto-aktiv bu – ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri (blokçeyn)dagi raqamli yozuvlar yiğindisi bölgan, qiymati va egasiga ega mulkiy huquq. Hamster öyinida töplangan hisob birliklari esa yuqoridagi ta’rifga mos kelmaydi va blokçeynga ega emas.

“Biroq  kelajakda “Hamster Kombat”dagi tangalar blokçeynga ötişi va şu bilan kripto-aktivga aylanişi mumkinligi inkor etilmaydi. 

Keyinçalik, kripto-aktivni tarqatiş maqsadida u kripto-platformalarda listingdan ötkazilişi mumkin. Biroq bunday kripto-aktivlar aks hollarda foydali funsionallikning yöqligi sababli röyxatga olinganidan keyin qisqa vaqt içida qadrsizlanadi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

ILMA “Hamster” öyinida töplangan hisob birliklarini ular kripto-platformalarda röyxatga olinganidan keyin xarid qiliş yoki sotiş qonuniy böladimi, degan savolga javob berdi.

Rasmiy izohga köra, öyinda töplangan hisob birliklari kripto-aktiv deb tan olinsa, ularni faqat kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat körsatuvçi provayderlar orqali xarid qiliş yoki sotiş mumkin böladi. Bunda ular kripto-birja kotirovkalaş varaği yoki  kripto-dökonning savdo savatiga kiritilgan bölişi zarur.

Agentlik öyinning xisob birliklari blokçeynga ega bölmaguniça, ularning aylanmasini tartibga soliş agentlik vakolatiga kirmasligini bildirgan.

Avvalroq  Özbekistonda 1 oyda 15 kişi kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buzgani uçun javobgarlikka tortilgani ma’lum qilingandi. Şuningdek, Toşkent şahrining Uçtepa tumanida yaşovçi yigit noqonuniy ravişda kripto-aktivlar bilan muomala qilgani uçun ma’muriy jazoga tortilgani, Termiz davlat universitetining 24 yoşli bitiruvçisiga notkoin sotgani uçun 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qöllangani xabar qilingandi.