Polşa, Litva, Latviya va Estoniya 26 iyun, çorşanba kuni Yevropa Ittifoqini Rossiya va Belarus bilan çegarada mudofaa çiziqlari qurişga çaqirdi. «Yevropa Ittifoqining Rossiya va Belarus bilan taşqi çegarasi böylab mudofaa infratuzilmasi tizimini quriş Yevropa Ittifoqini harbiy va gibrid tahdidlardan himoya qiliş zaruriyatiga javob beradi», deyiladi Reuters agentligi iqtibos keltirgan tört davlat rahbarlarining maktubida. Maktub Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyenga yöllangan.
Rossiya Federatsiyasi va Belarusdan kelayotgan gibrid tahdidlar orasida maktub mualliflari dezinformatsiya, kiberhujumlar, iqtisodiy bosim va uçinçi davlatlardan kelgan muhojirlarni çegaralarni kesib ötişga undaş holatlarini alohida ta’kidlagan.
Mudofaa çiziğini quriş 2,5 mlrd yevroga tuşadi
Maktubda ta’kidlanişiça, uşbu loyiha kölami va narxi «Yevropa Ittifoqining uni siyosiy va moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaş uçun maqsadli harakatlarini talab qiladi». Yevropa Ittifoqining ayrim diplomatlari Rossiya va Belarus bilan 700 kilometrlik çegara böylab şunday mudofaa çiziğini quriş narxini taxminan 2,5 milliard yevroga baholadi, deb yozadi Reuters.
Yevropa mudofaasiga sarmoya kiritiş 27-28 iyun kunlari bölib ötadigan Yevropa kengaşi yiğilişida Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati davlat va hukumat rahbarlari iştirok etadigan yiğilişda asosiy muhokama mavzularidan biridir.
Rossiya-Finlandiya çegarasiga migrantlar oqimi
Finlandiya ötgan yili Suriya va Somali kabi davlatlardan kelayotgan muhojirlar oqimi ortidan Rossiya bilan çegarasini yopgan edi. Finlandiya Rossiyani migratsiyadan mamlakat va YeIga qarşi qurol sifatida foydalanganlikda aybladi. Kreml bu ayblovlarni rad etdi.
«Biz bir davlat qaşşoq odamlardan boşqa davlatga bosim ötkaziş uçun foydalanayotganini körmoqdamiz, şuning uçun bu - xavfsizlik muammosi», dedi aprel oyida Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen Rossiyaning harakatlariga işora qilib. Uning ta’kidlaşiça, Rossiya gibrid hujumlari nafaqat Finlandiya, balki butun Yevropa Ittifoqi xavfsizligiga tegişli.

















