Ma’muriy qamoqxonalarga tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish huquqi beriladi
Maxsus qabulxonalarda jinoyatlar oldini olish, ularni aniqlash, barham berish va fosh etish, jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rishga va ularni sodir etishga daxldor bo‘lgan shaxslarni aniqlash, topish hamda qidirish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish huquqi belgilanmoqda.

Foto: RIA Novosti
Vazirlar Mahkamasining “Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
“Ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan maxsus qabulxonalarda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish asosi belgilangan.
Shundan kelib chiqqan holda, maxsus qabulxonalar o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishda jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rishga va ularni sodir etishga daxldor bo‘lgan shaxslarni aniqlash, topish hamda qidirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari qonunchilikda aks etishi lozim.
Mazkur qo‘shimchalar kiritilishi orqali ma’muriy qamoqxonalar o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishlari mumkinligi belgilanmoqda.
Maxsus qabulxonalarda jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rishga va ularni sodir etishga daxldor bo‘lgan shaxslarni aniqlash, topish hamda qidirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish huquqi belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marin Le Pen qamoqqa hukm qilindi
Jahon | 18:22
-
Professional bo‘lmagan astronavtlardan iborat ekipaj tarixda ilk bor Yer qutblari ustidan uchib o‘tadi
Jahon | 18:22
-
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi
O‘zbekiston | 18:19
-
Mask ketadi, DOGE ham o‘z faoliyatini to‘xtatadi – Tramp
Jahon | 18:12
Mavzuga oid

20:34 / 09.12.2024
Suriyada 4 qavatli yerosti «o‘lim qamog‘i»dan mahbuslarni ozod qilish boshlandi

12:51 / 21.10.2024
Do‘stlik tumani Ekologiya inspeksiyasi sobiq boshlig‘i qidiruvga berildi

15:10 / 11.10.2024
Qozog‘istonda qidiruvdagi o‘zbekistonlik ushlandi

14:50 / 01.10.2024