Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentda Spark avtomaşinasi haydovçisi skuter haydovçisini urib yuborgani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Toşkent şahar IIBB YHXB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

26 iyun kuni soat 18:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur köçasi ÖMB qarşisida haydovçi, 1990 yilda tuğilgan B.I. Spark avtomaşinasini boşqarib ketayotib, bir yönalişda harakatlanib ketayotgan haydovçi, 2000 yilda tuğilgan B.A. boşqaruvidagi skuter bilan töqnaşuv sodir etgan. 

Hodisa oqibatida skuter haydovçisi tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.