Yevro-2024 turnirida guruh bosqiçi poyoniga yetdi. Sönggi kun kutilganidek voqealarga boy keçdi. Quyida an’anaviy dayjestda kunning asosiy voqealari keltirib ötiladi.

Yevro-2024. E guruhi. 3-tur

Slovakiya va Ruminiyada kutilgan durang

Slovakiya – Ruminiya 1:1
Gollar: 1:0 – 24 Duda, 1:1 – 37, penalti Marin.
Slovakiya – Dubravka, Pekarik, Şkrinyar, Vavro, Gansko, Kutska, Lobotka, Duda, Garaslin (Suslov, 70), Şrans (Dyuriş, 78), Strelets (Bojyenik, 70).
Ruminiya – Nitse, Ratsiu, Burke, Dreguşin, Banku, Xadji (Man, 66), Stançu, Marin (Rus, 86), Marin, Dreguş (Puşkaş, 67), Koman (Soresku, 58).
Ogohlantirişlar: Burke (45+1), Banku (45+3), Puşkaş (88).

Bu jamoalarning ikkisini ham pley-offga çiqiş uçun durang hisob qoniqtirardi. Amalda ham ular şunday hisobni qayd etişdi. Lekin öyin kuraşlarga boy keçdi. 24-daqiqada Ondrey Duda slovaklarni hisobda oldinga olib çiqdi, javob goli esa 13 daqiqa ötib urildi. Va bu gol ança ğalati tarzda urildi. Köpçilik ruminlar nima uçun penalti tepiş imkoniyatini qölga kiritganini tuşunmadi.

Arbitr Daniel Zibertning qarori bahsli edi: David Xanskoning Yanis Xajiga işlatgan foli jarima maydoni taşqarisida amalga oşirilgandek körindi.

Afsonaviy futbolçining öğlining yiqilişi ham şubhali edi.

Lekin nima bölganda ham Rezvan Marin penaltini aniq ijro etdi, bu ruminlarning hozirgi Yevrodagi törtinçi goli böldi — ular yirik turnirlarda bundan köproq golni faqat 1994 yilgi mundialda urişgan. Öşanda jamoa çorak finalga qadar yetib borib, turnir davomida jami beşta gol urişgandi.

Ikkinçi bölimda ham jamoalar durang hisobni asraş haqida öylaşmadi. Ayniqsa slovaklar köproq hujum uyuştirdi va köplab xavfli vaziyatlarni yöqqa çiqardi, 90 daqiqa davomida jami 13 bor zarba berişdi. Lekin öyin oxirlariga borib ikki jamoa ham öziga ma’qul natijaga rozi böldi va ortiqça tavakkalçilikka yöl qöymadi. Ruminiya öz tarixida ilk bor Yevro pley-offiga birinçi örin bilan çiqdi va endi keyingi bosqiçda Niderlandiya bilan uçraşadi. Slovakiya töplagan tört oçko esa faqat uçinçi örinni egallaşga imkon berdi — ularning keyingi raqibi Angliya böladi.