Joriy yilning 28 iyun kuniga ötar keçasi Çorsu bozorining Beruniy va Saqiçmon köçalari kesişmasi yaqinida joylaşgan dökonlari va omborlarida yonğin röy berdi.

Bir neça soat içida yonğin lokalizatsiya qilindi, ayni vaqtda, yonğin oqibatlarini bartaraf etiş böyiça işlar davom etmoqda, mutaxassislar hodisa sabablarini aniqlamoqda, şuningdek, yetkazilgan zarar miqdorini baholamoqda.

Şahar va tuman hokimliklari vakillari ana şunday sinovlarga duç kelgan tadbirkorlar bilan uçraşdi.

Toşkent şahar hokimligi ma’lum qilişiça, zarar körgan maydonlarni ta’mirlaş, tiklaş va işga tuşiriş masalalarini samarali va tezkor hal etiş maqsadida işçi guruh tuzilgan.

Uşbu hodisa bozorning umumiy faoliyatiga ta’sir qilmay, u odatiy tarzda işini davom ettirmoqda.

“Tez orada barça binolar ta’mirlanib, ularda yanada yaxşi iş şaroitlari yaratiladi. Işlar yakuniga qadar esa hozirda tadbirkorlar faoliyatini davom ettirişlari uçun boşqa binolar ajratilgan.

Fursatdan foydalanib, halokatli oqibatlarga yöl qöymaslik uçun şahar aholisidan elektr jihozlaridan foydalanişda ehtiyot bölişlarini söraymiz”, deyiladi hokimlik ma’lumotida.