Yangi Alyans orqali turkiy davlatlarni özaro boğlaydigan transport infratuzilmalarini yaratiş, biznes strukturalarini özaro boğlaş hamda muammolarga hamkorlikda yeçimini topişga umid bildirilmoqda.
Özbekiston Turkiy davlatlar taşkilotiga 2019 yilda tölaqonli a’zo bölgan edi. Bugungi kungaça esa uşbu taşkilot doirasida bir qança muhim loyihalar amalga oşirildi. Jumladan, Toşkentda 28 iyun kuni Turkiy davlatlar taşkiloti huzurida Logistika markazlari va yuk taşuvçilar alyansi ta’sis etilişiga bağişlangan uçraşuvlar bölib ötdi.
Uşbu alyans taşkil etilar ekan, davlatlar öz loyihalarini qanday moliyalaştiradi va investitsiyalarni qanday jalb etadi? Bundan taşqari, Ozarboyjon, Turkiya va Markaziy Osiyoni boğlovçi Zangezur koridori haqida ham söz yuritildi.
Biz esa bir qança savollar bilan bugungi uçraşuv iştirokçilari va taşkilotçilariga yuzlandik.
— Yangi loyiha boşlanar ekan, unga investitsiya jalb qiliş kabi masalalar turadi. Logistika markazlari quriş uçun zarur bölgan investitsiyalar hajmi hisoblanganmi, ular qanday moliyalaştiriladi?
Bekzod Xolmatov, Transport va logistikani rivojlantiriş muammolarini örganiş markazi direktori: — Bugungi tadbir asosan alyansni taşkil etiş böyiça ötkazildi. Xususiy sektor vakillari tomonidan alyans taşkil etildi logistika markazlari va yuk taşuvçilar örtasida.
Investitsiya kiritiş biznes vakillari, ya’ni xususiy sektor tomonidan amalga oşiriladi. Alyansning keyingi yiğilişlarida qaysi loyihalarni amalga oşiriş qiziqroq böladi, bir neçta tadbirkor tomonidan öşa loyihani amalga oşiriş masalalari köriladi. Şuning uçun bu platforma logistika sohasidagi biznes vakillarini birlaştirib, loyihalarni hamjihatlikda amalga oşiriş imkonini beradi.
Hozirça qaysi logistika markazi aynan qayerda qurilişi, hisob-kitoblari haqida ma’lumotlar yöq. Lekin bu narsa turkiy davlatlarni özaro boğlaydigan transport infratuzilmalarining yaratilişida va alyansning bevosita yönalişlaridan biri hisoblanadi.
— Maqsad va strategiyalar haqida ma’lumot bormi?
Bekzod Xolmatov:















