Bundan bir neça kun oldin Toşkent şahrining Çilonzor tumani  Novza köçasidan ötgan anhor böyi tezkor tarzda obodonlaştirilib, ikki kun içida hududdagi piyodalar yölagi beton qilindi. Örindiq hamda çiqindilar qutilari örnatildi.

Bugun, 29 iyun kuni negadir örindiqlar va çiqindi qutilari traktorga ortilib, bitta ham qoldirmay olib ketildi. Çiqindi qutilariga töplangan çiqindilar esa anhorga ağdarildi.

Kun.uz holat böyiça maqola va video e’lon qilganidan söng olib ketilgan örindiq va urnalar örniga yangilari olib kelindi.

Kun.uz muxbiri bu işlarga önga yaqin işçilar jalb etilgani guvohi böldi. Tumanga yaqinda tayinlagan prokuror Uluğbek Xobiljonov ham şu yerda edi.

Bundan taşqari, avval örnatilgan urnalardagi çiqindilarni anhorga tökkan şaxsga Ma’muriy kodeksning 72-moddasiga köra, 1,7 mln söm jarima solingani ma’lum qilindi.

Avvalroq Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan işçilar örindiq va urnalarni olib ketiş böyiça topşiriqni Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi rahbariyati berganini ma’lum qilgandi. Şuningdek, jihozlar vaqtinça olib kelingani, ular aslida Ğofur Ğulom boğining mulki bölgani aytilgandi.