10 yanvar kuni Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan AOKAda Özbekistondagi koronavirus bilan boğliq mavjud epidemiologik holat yuzasidan matbuot anjumani taşkil etildi va unda maxsus komissiyaning sönggi qaroridan keyin yuzaga kelgan savollar böyiça oydinlik kiritildi.

Karantin ehtimoli haqida
Hozirda Özbekistonda qat’iy karantin çeklovlarini kiritiş közda tutilmayapti. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliğining birinçi örinbosari Xolmamat Norboyev ma’lum qildi.
«Çeklovlar kiritilişining oldini oliş uçun ham emlanişimiz kerak», deya qöşimça qildi Norboyev.
Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonova ham vaksina oliş muhimligini ta’kidladi.
«Bir narsani yaxşi tuşuniş kerak, vaksina omikrondan himoya qilmaydi. Emlangan odamda kasallik yengilroq ötadi, xolos. Biz uni yuqtirmaslik uçun jamoatçilik yiğilgan joylardagi munosabatlarni kamaytirişimiz va gigiyenaga qattiq e’tiborli bölişimiz kerak», dedi u.

Ommaviy tadbirlarga çeklov yöq
Maxsus komissiya qarorida davlat taşkilotlari hamda xöjalik birlaşmalarida aholi salomatligini ta’minlaş, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlaş maqsadlarini közda tutib, turli tadbirlar taşkil etiş taqiqlanişi ma’lum qilingandi. Ijtimoiy tarmoqda esa 15 yanvardan ommaviy tadbirlar taqiqlanişi haqida asossiz xabar tarqaldi.
«Ommaviy konsert tadbirlari ayni kundagi karantin talablari asosida ötkaziladi. Biroq epidemiologik holat özgarişiga qarab talablar qat’iylaşişi mumkin. Buni vaqt körsatadi», dedi SSV huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a’zosi Habibulla Oqilov.
Omikron Özbekistonda. SSV ehtiyot çoralari kuçaytirilişini ma’lum qildi
Jarima haqida gap yöq

















