1944 yil bahorda front çiziği SSSR çegarasidan çiqib, Şarqiy Yevropada joylaşgan davlatlar hududiga köçadi. Öşanda Polşa, Vengriya, Çexoslovakiya, Bolgariya, Yugoslaviya va Albaniya kabi davlatlar aholisi nemislarni quvib borayotgan sovet harbiylarini xursand bölib kutib oladi. Biroq öşa paytda ular keyinçalik sovetlar boşlariga qanday kunlarni solişini bilmasdi.

1945 yil 8 may kuni faşistlar Germaniyasi vakillari “Faşistlar Germaniyasining sözsiz kapitulyatsiyasi haqidagi Akt”ni imzolaşadi va şu bilan Yevropada uruş tugaydi.

Şundan söng uruşgaça dunyo siyosat maydonida unça katta ta’sirga ega bölmagan SSSRning obrösi oşib ketadi. Uruşning asosiy ğolibi sifatida bu davlat özi ozod qilgan mamlakatlarni qöl ostida saqlab qolişga qaror qiladi.

Sovetlar Şarqiy Yevropa davlatlarini öz ta’sir doiralarida uşlab qolişlarini ilk bor Podstam konferensiyasida ma’lum qilişadi.

Şunda AQŞ, Britaniya va Fransiya rahbarlari Stalindan heç bölmaganda Polşani öz holiga qöyişni va quvğinlikda yurgan polyak hukumatining Varşavaga qaytişiga ruxsat berişini söraşadi. Biroq rad javobini olişadi.

Köp ötmay Polşa, Vengriya, Çexoslovakiya, Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviya, Albaniya va Germaniyaning yarmida zöravonlik bilan kommunistik tuzum örnatilib “sovetça” boşqaruv usuli joriy etiladi.

Bu davlatlarda ham Moskvaning yordamida bilan ming yillar davomida şakllangan xususiy mulkçilikka asoslangan tizimni mahv etib, yer-suvlar va mol-mulklarni tortib olişadi.

Yuqoridagi davlatlar orasida ayrimlari kommunistik tuzumga qarşi boş kötarib köradi. Biroq bunday harakatlar Moskva tomonidan ayovsiz bostiriladi.

Jumladan, 1953 yil 3 may kuni Bolgariyadagi tamakini qayta işlaş korxonasida, öşa yili 31 may 2 iyun oraliğida Çexoslovakiyadagi bir neçta korxonalarda, 15-18 iyun kunlarida GDRda işçilar maoşlar kamligi, mehnat şaroiti yomonligi sababli kommunistik tuzumga qarşi namoyişlar ötkazişadi. Bu namoyişlarning barçasi ayovsiz tarzda bostiriladi.

SSSRga qarşi kötarilgan isyonlarning uçtasi yirik kölamli bölgan va ularda ança odam halok bölgan, boşqalari tan jarohatlari olgan. Bular:

  • 1956 yil yozda Polşaning Poznan şahrida sodir bölgan antisovet ğalayonlari;