Buxoro şahrida köp qavatli uylarni quriş bilan şuğullanib kelgan «Humo Aziya» MÇJ rahbariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, «Humo Aziya» MÇJ rahbari Jamşid Karimov tomonidan qurilayotgan köp qavatli uylarda sodir etilgan qonunbuziliş holatlari aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 229-moddasi (özboşimçalik) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Ayblanuvçi tomonidan Buxoro şahrining Islom Karimov hamda Sadriddin Ayniy köçalarida qurilayotgan köp qavatli uylarni sotib oliş uçun şartnoma imzolagan va tergov organi tomonidan bugungi kunga qadar tegişli tartibda jabrlanuvçi sifatida e’tirof etilmagan fuqarolardan Buxoro şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölimiga murojaat qilişlari söralmoqda.
Xabarda MÇJ tomonidan qurilayotgan köp qavatli uylarda qanday qonunbuziliş holatlari sodir etilgani oçiqlanmagan.

















