2 iyul kuni futbol muxlislari Yevro-2024 turnirida çorakfinalning barça iştirokçilari nomini bilib olişadi. 1/8 final doirasidagi sönggi uçraşuvlar Ruminiya – Niderlandiya hamda Avstriya – Turkiya örtasida ötkaziladi. Bu jamoalarning qaysilarida turnirdagi iştirokini davom ettiriş imkoniyati köproq? Quyida şu haqda.
Ruminiya — Niderlandiya: Kuman ustida bulutlar (21:00 / ZörTV)
Niderlandiya milliy jamoasidan bu turnirda şundoğam katta natija kutilmayotgandi, ammo ular bunday kuçli guruhda ham yaxşiroq iştirok etişi mumkin edi. Kuman şogirdlari Polşa bilan öyin oxirida zaxiradan tuşgan Veghorstning goli evaziga ğalabaga erişdi (2:1), fransuzlar bilan natija uçun öynaldi (0:0), Avstriya bilan öyinda esa mağlubiyatga uçraldi (2:3). Natijada — kvartetda uçinçi örin egallandi. Şu bilan birga, buning evaziga nisbatan qulayroq pley-off yöliga tuşib olindi.
«Töqsariqranglilar» hozirça öz öyinini topib olmadi, şunday ekan, ularga 1/8 finalda Ruminiya raqib bölgani omad kelgani edi. Bu jamoa 24 yildan buyon pley-off bosqiçlarida öynamagan va aynan tajriba yetişmasligi pand berişi mumkin. Qolaversa, jamoa boş murabbiyi Edvard Yordenesku diskvalifikatsiya tufayli asosiy çap qanot himoyaçisi Bankudan foydalana olmaydi, bu pozitsiyaga ixtisoslaşgan boşqa futbolçi esa yöq. Bu çindan ham jiddiy muammo.
Şubhasiz, bu juftlikda Niderlandiya favorit bölib körinmoqda. Ularda nafaqat pley-offda iştirok etiş tajribasi, balki yuqori saviyali ijroçilar ham bor. Bu öyinda Portugaliya — Sloveniya (0:0, penaltilar böyiça 3:0) öyinida bölganga öxşaş ssenariy kuzatilişi mumkin: ruminlar quyi blokda tartib bilan himoyalanib, qarşi hujumlarga tayanadi. Kuman esa raqib mudofaasidan ötiş uçun kalit qidirişi, Gakpo, Frimpong va Simons kabi futbolçilarning tezkor harakatlariga umid qilişi kerak böladi.
Agar niderlandlar bu bosqiçdan öta olmasa, Ronaldning milliy jamoadagi kelajagi savol ostida qoladi, hozirdanoq uning boşi uzra qora bulutlar aylanmoqda. Yordeneskuda esa heç qanday bosim yöq, Ruminiyada u va şogirdlari allaqaçon qahramonlarga aylanişgan.
«Çorakfinalga çiqiş biz uçun ulkan yutuq böladi. Buni ifodalaş uçun kerakli sözlarni topiş ham qiyin. Yaxşi natijaga erişiş uçun ajoyib, intizomli va yaxşi taşkillaştirilgan öyin namoyiş etib, öz vaziyatlarimizdan foydalanişimiz lozim», — degan Yordenesku.
Avstriya — Turkiya: Montella Rangnik «maşina»sini qanday töxtatadi? (00:00 / ZörTV)
Avstriya Germaniyaga kuçligina tarkib bilan taşrif buyurgandi va uning guruh bosqiçidagi muvaffaqiyati köpçilik uçun katta sensatsiyaga aylanmadi. Ralf Rangnik maydonda faol pressing va mobillikni uyğunlaştirgan yangi taktik ğoyalarni jamoaga singdirdi. Avstriyaliklar «ölim guruhi»da birinçi örinni egalladi. Jamoa dastlab guruh favoriti Fransiyaga minimal hisobda yutqazdi (0:1), keyin esa Polşa (3:1) va Niderlandiyani yengdi (3:2). Va buni çiroyli, yuqori tezlik, total pressingga asoslangan va son-sanoqsiz vaziyatlar yaratilgan öyinlar bilan amalga oşirişdi.



















