Jizzax viloyatida kirakaşlik qilib yurgan Nexia haydovçisi 2024 yil 7 yanvar kuni Zomin tumanida qarz undiriş taşvişida yurgan tanişlarini manziliga olib borgan.

Yölda qirlik joyda töxtab, yölovçilar spirtli içimliklar iste’mol qilişadi. Haydovçi esa vaqt ötkaziş uçun maşinada ötirib ijtimoiy tarmoqlarga kiradi.

Şu paytda haydovçiga kimdir qönğiroq qiladi va u jahl ustida maşinani orqaga haydaydi. Oqibatda maşinaning orqa tomonida yerda yotgan yölovçining boş qismini jarohatlaydi.

Qilib qöygan işidan qörqib ketgan haydovçi qonga belanib yotgan jabrlanuvçini taşlab ketişga qaror qiladi. U ikkinçi yölovçini jabrlanuvçi huşiga kelgaç özi ketişiga işontiradi.

Söng voqea joyidan ketgaç ikkinçi yölovçiga qönğiroq qilib, jabrlanuvçini birov sörasa “Biz uni bekatda qoldirgandik” deb aytişga köndiradi. Biroq içki işlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat tez orada foş etiladi.

Jinoyat işlari böyiça Zomin tumani sudida haydovçi e’tiborsizligi ortidan bir inson hayotiga zomin bölganini, unga tibbiy yordam körsatiş çoralarini körmaganini, qilmişini yaşirişga uringanini tan olgan va keçirim söragan.

Sud haydovçini Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi ikkinçi qismi bilan aybdor deb topgan. U 3 yil transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilinib, 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan.

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölimiga sabab bölsa) 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Jinoyat kodeksining 117-moddasi ikkinçi qismi esa 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini nazarda tutadi.

Viloyat IIB axborot xizmati e’lon qilgan videoda ehtiyotsizlik orqasida bölsa-da odam ölimiga sabab bölgan, jinoyatini yaşirişga urinib, jabrlanuvçini xavf ostida qoldirib ketgan şaxsga nima uçun qonunda belgilangan jazo berilmaganiga sud izoh bermagan.

Avvalroq, Zomin tumanida aynan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida közda tutilgan jinoyatni sodir etgan talaba Yoşlar işlari agentligining kafilligi ostida sud zalidan ozod qilingandi