Özbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan oçiq muloqotiga tayyorgarlik köriş doirasida, 4 iyul kuni soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazildi.

Unda iştirok etgan tadbirkor tibbiy buyumlar uçun referent narxlarni bekor qilişni taklif qildi.

Amaldagi qonunçilikka köra, dori vositalarining çegaralangan narxlari (referent narxlari) bor. Ya’ni dori vositalarini Özbekistonga import qiliş yoki işlab çiqarişda Farmagentlikdan röyxatdan ötkazilganda şu dori vositasining belgilangan (bazaviy) narxi şakllanadi. Qonunçilik talabiga köra, ulgurji sotuvçi vositaçilar sonidan qat’i nazar [dori ustiga] 15 foizgaça ustama qöyişi mumkin, çakana sotuvçi esa 20 foizgaça. Şundan kelib çiqib, dori vositalarining narxi boşlanğiç narxiga nisbatan 38 foizdan oşişiga yöl qöyilmaydi, şundan ortiq narxda sotiş huquqbuzarlik hisoblanadi.

Tadbirkorning ta’kidlaşiça, tibbiy buyumlarni dori vositalaridan ajratiş vaqti kelgan. Çunki dorilar millionlab, tibbiy buyumlar esa önlab yoki yuzlab sotiladi.

“Tibbiy buyumlar işlab çiqaruvçi çet el firmasining distribyutori bölsangiz, boşqa firmaning mahsulotlarini sota olmaysiz. 15 foizlik referent narx bilan [tadbirkor] qayerga boradi, qanday qilib oliy malakali xodimlarni jalb qiliş kerak? Yaqinda Abdulla Azizov “4-5 mingta dori vositalarining röyxati çiqadi, faqat şular böyiça referent narx qoladi” degandi. Hozir QQS kirganiga 3 oy böldi, şu narsa hali ham yölga qöyilmadi”, – dedi tadbirkor.

Uning ta’kidlaşiça, Özbekistonga tibbiy buyumlarning “90 foizdan oşiği” kontrabanda bilan keladi.

“Bu [referent narx] kontrabandani tugatiş yöli bölmaydi, uni tugatiş uçun yengillik beriş kerak. Birinçi örinda referent narx olib taşlanişi kerak. QQS kirdi yaqinda, bu kontrabandani battarlaştirmaydimi?” – dedi u.

Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov bunga javoban referent narxlar faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari uçun saqlanib qolinişini ma’lum qildi.

“Referent narxlar böyiça farmon loyihasi tayyorlangan. Prezidentimiz ham menga kiritinglar, deb topşiriq berganlar. Hozirgi kunda adminstratsiyada turibdi, moliya vazirligi bilan ham kelişib bölganmiz. 15 foiz faqat retsept bilan beriladigan dorilarga qoladigan böldi. Retsepsiz beriladigan dorilardan ham, tibbiy buyumlardan ham çiqib ketadi. 2-3 haftada farmon çiqişi kerak”, – dedi farmagentlik rahbari.