Şavkat Mirziyoyev Mas’ud Pizişkiyonga Eron Islom Respublikasi prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrik yölladi.

Davlat rahbari öz maktubida mamlakatlar örtasidagi köp qirrali va uzoq muddatli şeriklik barça ustuvor yönalişlarda yanada yuqori bosqiçga kötarilişiga işonç bildirgan.

“Biz katta salohiyat va imkoniyatga ega bölgan, sönggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan davlatingiz bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham izçil va samarali kengaytirişdan manfaatdormiz”, degan prezident öz maktubida.

Eslatib ötamiz, etnik ozarboyjon Mas’ud Pizişkiyon Eronning saylangan töqqizinçi prezidentiga aylanadi. U 16,4 mln eronliklar tomonidan qöllab-quvvatlangan. Uning raqibi Konservatorlar qanotidan nomzod Said Jaliliy 13,5 mln ovoz olgan.