Kuni keça Toşkent şahrining Çilonzor tumani Bunyodkor şohköçasi böylab davlat raqami 01 F 222 FB bölgan Tracker maşinasi haydovçisi 170 km/soat tezlikda harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Haydovçi topilib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
Yana bir holatda Navoiy viloyati Xatirçi tumanida 140 km/soat tezlikda harakatlangan BYD 9 yoşli qizni bosib ketib, uning bevaqt ölimiga sabab böldi.
Xöş, qöllanayotgan jazo va jarimalar bu kabi jinoyatlarning oldini oliş uçun yetarli bölyaptimi?
Aholi yaşaş joylarida tez haydaganlarning “prava”si olib qöyilişi kerak
Kurbanoff.net Telegram-kanali muallifi Şuhrat Qurbonov 170 km/soat tezlikda harakatlangan Tracker keysiga e’tibor qaratib, belgilangan jarimani tezlikni oşiriş uçun “pulli xizmat”ga öxşatdi.
“Eng qiziği, şaharda bunday tezlikda harakatlanganlik uçun jarima BHMning 9 barobari yoki 3 mln 60 ming sömni taşkil etadi. Bu hammasi emas, agar 15 kun içida tölov amalga oşirilsa, umumiy summaning yarmi tölanadi.
Men uçun bu jarimaga emas, balki pulli xizmatga öxşaydi. Agar siz qoidani buzmoqçi bölsangiz, tölovni 50 foiz çegirma bilan ham olişingiz mumkin. Faqat doimiy mijozlar uçun kartalarni öylab topiş qoldi.
Maqsad bu kabi holatlarning oldini oliş bölsa, belgilangan me’yordan 50 km/soatga oşib ketsangiz, ayniqsa, aholi gavjum bölgan joylarda, haydovçilik guvohnomasi bekor qilinişi kerak.
Haydovçi ikki narsadan qörqadi – guvohnomasini yöqotiş va maşinasidan ayriliş. Agar maqsad pul işlaş emas, qonunbuzarliklarning oldini oliş bölsa, yuqoridagi çoralardan foydalanişi lozim.
Jarimalarni maoş bilan soliştirayotganlarga quloq solişning hojati yöq. Jarimalar soliq emas, şu jihatdan ular qörqinçli va tölaş juda oğir bölişi kerak”, deya yozdi Şuhrat Qurbonov.
Xorijiy tajriba qanday?

















