Prezidentning “Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga köra, Xitoy Hukumati, Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi va Özbekiston Hukumati örtasida “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temiryöli loyihasini birgalikda amalga oşirişda hamkorlik qiliş töğrisidagi Bitim tasdiqlangan. Mazkur Bitim 2024 yil 6 iyun kuni Pekin şahrida imzolangan.
Transport vazirligi uşbu xalqaro şartnomani amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan vakolatli organ etib belgilandi.
Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnoma kuçga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oşirilişi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Eslatib ötamiz, 6 iyun kuni Xitoy poytaxti Pekin şahrida “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temiryöli qurilişi böyiça strategik loyihani amalga oşiriş töğrisidagi bitim imzolangandi.
“Mazkur temiryöl Xitoyni mintaqamiz bilan boğlovçi eng qisqa quruqlik yöliga aylanadi. Kelgusida uşbu yöl bizning mamlakatlarimizga istiqbolli Transafğon yölagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Şarq davlatlarining keng bozorlariga çiqiş imkonini beradi”, degandi Şavkat Mirziyoyev tadbir iştirokçilariga yöllagan videomurojaatida.
Bitimga muvofiq, “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temiryöli “Qaşğar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon” yönalişi böylab ötadi. Mutaxassislarning qayd etişiça, yuk taşiş yillik hajmi 15 million tonnagaça yetişi mumkin, tovarlarni yakuniy iste’molçilarga yetkaziş muddati esa 7 kunga qisqaradi. Bundan taşqari, zamonaviy tranzit va logistika infratuzilmasi, omborxonalar va terminallar yaratiladi.
«Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» temiryöli qurilişi oktyabr oyida boşlanişi mumkin. Loyihaning qiymati, dastlabki ma’lumotlarga köra, 4,7 mlrd dollarni taşkil etadi.
















