Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh “sovuq urush”dan so‘ng ilk marta Germaniyada uzoq masofaga ucha oladigan raketalar joylashtiradi
AQSh 2026 yildan boshlab Germaniya hududida uzoq masofalarga ucha oladigan raketalarni joylashtiradi, deyiladi Oq uy rasmiy saytida e’lon qilingan ikki davlatning qo‘shma bayonotida.
«Amerika Qo‘shma Shtatlari 2026 yildan Germaniyada o‘t ochish vositalarining kelgusida bu vositalarni uzoq muddatli joylashtirishni rejalashtirish doirasida epizodik joylashtirilishini boshlaydi», — deyiladi bayonotda.
Bu choralar Yevropadagi tiyib turish tizimini kuchaytirishga qaratilgan. To‘liq joylashtirib bo‘lingach, Amerikaning uzoqni nishonga oluvchi bo‘linmalari 2500 km olisdagi nishonlarga zarba bera oluvchi Tomahawk raketalari, SM-6 raketalari va ayni paytda Yevropada qurollanishda mavjud bo‘lgan nishonga urish qurollariga nisbatan uchish masofasi yanada olis bo‘lgan yangi gipertovushli qurol bilan ta’minlanadi, deya ma’lumot bermoqda Oq uy.
1990-yillarning oxirlarida, “sovuq urush” tugaganidan so‘ng Vashington Germaniyadan barcha olis masofadagi nishonlarga zarba bera oluvchi qurol-yarog‘larni olib chiqib ketgan edi. Biroq so‘nggi oylarda Germaniya federal hukumati AQSh bilan maxfiy muzokaralar olib borib, bunday qurollarni yana o‘z hududiga joylashtirishga ko‘ndirgan, deb xabar bergan Spigel vaziyatdan xabardor manbalariga asoslanib. Bu qaror uzoq masofaga ucha oladigan raketalari arsenalini ko‘paytirayotgan Rossiyadan tahdid tobora ortib borayotgani fonida qabul qilingan.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026