Joylarda korrupsiya bilan boğliq noqonuniy holatlar aniqlandi.

Navoiy viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik bölinmasi katta tezkor xodimi Karmana tumanida yaşovçi fuqaroning plastik kartasidan 62 mln söm pul mablağini noqonuniy yeçib olgan şaxslarni aniqlab beriş evaziga 600 AQŞ dollari talab qilgan. Bunday holatlarni foş etiş katta tezkor xodimning bevosita xizmat vazifasiga kirsa-da, u jabrlanuvçidan söralgan pul mablağini olgan vaqtida DXX va departament xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda Yangiyer şahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi katta inspektori probatsiya nazoratida turgan, joriy yilning fevral oyida sud hukmiga asosan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan şaxsni jazoni Yangiyer şahrida ötamaslik, Toşkent şahrida erkin tadbirkorlik faoliyatini olib borişi uçun yordam beriş, yaşaş manzilini tekşirmaslik hamda çora körmaslik evaziga Yangiyer şahridan 2 xonali uyni sotib olib, uning nomiga rasmiylaştirib berişini hamda 500 AQŞ dollari miqdorida pul mablaği berişini talab qiladi.

DXX xodimlari tomonidan prokuratura va içki işlar organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda katta inspektor 400 AQŞ dollari hamda 1 mln 260 ming sömni öz xizmat xonasida olgan vaqtida uşlangan.

Sirdaryo viloyatidagi yana bir holatda, Guliston şahar elektr tarmoqlari korxonasi boşliği 2023 yilning may oyidan 2024 yilning may oyiga qadar uşbu korxonada elektr energiyasi oqimini hisobga oliş va nazorat qiliş muhandisi vazifasida işlab kelib, savdo faoliyatini olib borişga ixtisoslaşgan MÇJning elektr energiyasidan 202 mln 500 ming sömlik qarzdorligini tanişlari orqali hisobdan çiqartirib beriş evaziga 90 mln söm talab qilgan.

U 2023 yilning iyun-dekabr oylari davomida tadbirkordan jami 78 mln söm olgan, ammo va’dasining ustidan çiqa olmagan. U qarzdorlikni bazadan öçirtira olmasdan, barça olgan pullaridan dastlabki 3 mln sömni uçinçi şaxs orqali qaytarib bergan vaqtida DXX va Boş prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, Toşkent viloyatining Qibray tumanida faoliyat yurituvçi xususiy korxona rahbari özining mansabdor tanişlari orqali Namangan viloyatining Davlatobod tumanida barpo etilayotgan “Yangi Namangan şaharçasi”ni içimlik suvi bilan ta’minlaş uçun Kosonsoy şahridagi suv tozalaş inşootini rekonstruksiya qiliş loyihasini tender savdolarida yutib beriş evaziga tadbirkordan 4 mlrd söm talab qilgan. DXX xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 30 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.