O‘zbekiston | 07:55 / 12.07.2024
5595
2 daqiqa o‘qiladi

“Tarkibida zaharli yoki zararli moddalar aniqlanmadi” – Sanepidqo‘mita kannabis ta’mli ichimlik sotilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga ko‘ra, Chexiyada ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonga ham olib kelinayotgan ichimlikning har bir partiyasi laboratoriya tekshiruvlardan o‘tkazilib, xulosa berilmoqda. Bugungi kunga qadar ushbu mahsulotning sifatsizligi yoki uni iste’mol qilish oqibatida zaharlanganlik to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi do‘konlarda qutisida “noodatiy” rasmi bo‘lgan va kannabis ta’mli energetik ichimlik sotila boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Chexiyada ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonga ham olib kelingan “SoStoned” nomli 330 millilitrli energetik ichimligi mahsulotiga sanitariya-gigiyenik, bakteriologik, parazitologik va radiologik tekshiruvlardan so‘ng sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berilgan.

Mazkur energetik ichimligi qadog‘ida tarkibida suv, shakar, limon kislotasi, tsitrat natriy, taurin, kofein, kanaplya ta’mini beruvchi aromatizatorlar, rang beruvchi karamel, vitamin V2, V6, V12 va pantoten kislotasi borligi ko‘rsatib o‘tilgan. Laboratoriya tekshiruv natijalariga ko‘ra, ichimlik tarkibida xavfsizlik ko‘rsatkichi hisoblangan zaharli yoki inson salomatligi uchun zararli moddalar aniqlanmagan.

“Respublikamiz hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya etgan holda olib kirilgan mahsulotning har bir partiyasiga laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib beriladi”, deyiladi munosabatda.

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu mahsulot O‘zbekistonga 2023 yilning noyabr oyidan olib kirilayotgangan bo‘lsada, bugungi kunga qadar uning sifatsizligi yoki iste’mol qilish oqibatida zaharlanganlik to‘g‘risida murojaat va arizalar kelib tushmagan.

Oldinroq Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan anor ta’mli ichimlik tarkibida ham zaharli moddalar aniqlanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan va Sanepidqo‘mita buni rad etgandi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda