Özbekiston prezidentining qarori bilan, “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temiryöli loyihasini birgalikda amalga oşiriş böyiça imzolangan hukumatlararo bitim tasdiqlandi.
Qarorga köra, temiryöl qurilişi böyiça qöşma loyiha kompaniyasining ustav kapitalidagi Özbekiston hukumati uluşining bir qismini şakllantiriş uçun 255 mln dollar ajratiladi.
Bu mablağ Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining krediti şaklida, 7 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada “Özbekiston temir yöllari” AJga bosqiçma-bosqiç ajratiladi.
255 million dollarning 14 mln dollarlik qismi 2024 yilda ajratişi közda tutilgan.
Loyiha uçun, şuningdek, qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalardan ham mablağ yönaltirilişi qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, Xitoy, Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi bitim şu yil 6 iyunda Pekinda imzolangan edi.
Bitimga muvofiq, temiryöl “Qaşğar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon” yönalişi böylab ötadi.
Bu koridorda yuk taşiş hajmi yiliga 15 million tonnagaça yetişi, tovarlarni yakuniy iste’molçilarga yetkaziş muddati 7 kunga qisqarişi közda tutilgan. Bundan taşqari, zamonaviy tranzit va logistika infratuzilmasi, omborxonalar va terminallar yaratiladi.
Avvalroq quriliş işlari şu yil oktyabrda boşlanişi aytilgandi.

















