Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi xodimlari rag‘batlantiriladi
Ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEK vazifalari va shtat birliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKga o‘tkazgan holda tugatiladi.
“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2024 yil 1 oktyabrdan:
- TIEK xodimlarini ular faoliyati samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) bajarilishidan kelib chiqib rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
- ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKning vazifalari va shtat birliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKga o‘tkazgan holda tugatiladi;
- joylardagi TIEKga pediatr, psixiatr, ftiziatr shtatlari ajratiladi.
2025 yil 1 aprelgacha quyidagi vazirlik va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbga, ta’limga va sportga yo‘naltirish tartibini ishlab chiqadi:
➖Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi – tarbiya va ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha;
➖Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – kasbga tayyorlash va yo‘naltirish bo‘yicha;
➖Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – bandlikni ta’minlash bo‘yicha;
➖Sport vazirligi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi – ommaviy sport va parasportga yo‘naltirish bo‘yicha.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
08:27 / 17.03.2026
Loyihaoldi hujjatlar ekspertizasida bir qator amaliyotlar bekor qilinadi
11:57 / 13.02.2026
“Istanbul sud tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmadi” – Sayyora Ergashaliyevaning vafoti yuzasidan munosabat bildirildi
09:17 / 08.11.2025