Şu yilning mart oyida ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahrida yoş bola avtomaşina içida oyoğidan zanjirlab qöyilgani aks etgan video tarqalgandi.
Jamoatçilikning haqli e’tirozlariga sabab bölgan uşbu holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva tomonidan şaxsiy nazoratga olindi.
Suriştiruvlar davomida jabrlanuvçi Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanidagi «Qalqon-jasorat» harbiy sport maktabining 6-sinfida öqişi, uni ğayriqonuniy tarzda kişanlab, avtomaşinasida olib yurgan şaxs esa uşbu maktab öqituvçisi ekani aniqlangandi.
Şundan söng holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi [Zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş] bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari boşlangandi.
Mazkur jinoyat işi sudda körib çiqilib, qonunbuzar 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi voyaga yetmagan şaxslarga nisbatan zörlik işlatişni keskin qoralaşi hamda bunday holatlarga nisbatan murosasiz ekanini bildirib, jinoyat jazosiz qolmasligini yana bir marta eslatdi.

















