Interfax xabariga köra, yaşirin ovoz beriş jarayonida fon der Lyayyenni yoqlab 401 nafar ovoz berildi, 284 nafar deputat qarşi, 15 nafari esa betaraf qoldi. Saylaniş uçun unga 361 ovoz yetarli edi.

Ovoz beriş fon der Lyayyenning asosiy nutqidan söng bölib ötdi, söngra siyosiy fraksiyalar rahbarlari va deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

Ursula fon der Lyayyen 2019 yildan beri Yevropa komissiyasini boşqarib kelmoqda. 6-9 iyun kunlari bölib ötgan YeP saylovida u eng köp ovoz töplagan öng markazçi Yevropa xalq partiyasi röyxatini boşqargan.

27-28 iyun kunlari Bryusselda yiğilgan Yevropa Kengaşi fon der Lyayyenni ikkinçi muddatga Yevropa komissiyasi raisi lavozimiga nomzod qilib körsatdi. Yevropa Parlamenti tomonidan ma’qullangandan söng, Yevropa Komissiyasi raisining nomzodi Yevropa Kengaşi tomonidan rasman tasdiqlanişi kerak.

Ursula fon der Lyayyen 1958 yilda Belgiyada tuğilgan. 1978 yilda London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabini, 1987 yilda esa Hannover tibbiyot maktabini tamomlagan. U şifokor sifatida öqigan va 1991 yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini himoya qilgan.

Siyosiy faoliyatini 1990 yilda Germaniya Xristian Demokratik Ittifoqi (XDI) partiyasida boşlagan. 2009 yildan 2013 yilgaça Germaniya Mehnat va jamoat işlari vaziri lavozimida işlagan. 2013 yildan 2019 yilgaça Germaniya Mudofaa vazirligini boşqargan. U bu lavozimni egallagan birinçi ayol böldi.

2019 yilda Ursula fon der Lyayyen Yevropa komissiyasini boşqargan birinçi ayol böldi.

2022 va 2023 yillarda Forbes jurnali uni «dunyodagi eng qudratli ayol» deb topdi.