CrowdStrike antivirusini yangilaşda xatolik tufayli yuzaga kelgan Windows operatsion tizimining keng miqyosli nosozligi uşbu dasturiy ta’minot bilan işlaydigan 8,5 million qurilmaga ta’sir qildi. Microsoft bu ma’lumotlarni öz blogida taqdim etdi. Gap Windows operatsion tizimida işlaydigan barça qurilmalarning bir foizdan kamroği haqida ketmoqda, deb ta’kidladi operatsion tizim işlab çiqaruvçisi.

Dasturiy ta’minotni yangilaş ba’zan kompyuterlar bilan boğliq muammolarga olib kelişi mumkin, ammo CrowdStrike mahsuloti bilan boğliq yuqoridagi voqea kabi yirik hodisalar tez-tez sodir bölmaydi, deya qayd etdi Microsoft. Nosozlik keng IT ekotizimidagi özaro boğlanişlar kölamini körsatadi va IT sohasi iştirokçilariga mavjud mexanizmlardan foydalangan holda xavfsiz joylaştiriş va avariya oqibatlarini bartaraf etişga ustuvor ahamiyat beriş zarurligini eslatadi, deya qöşimça qildi korporatsiya.

Windows işidagi global nosozlik

19 iyun kuni köplab mamlakatlarda Windows 10 operatsion tizimidagi global nosozlik tufayli aeroportlar, vokzallar, banklar, supermarketlar, telekanallar va davlat idoralari işi töxtatildi.

CrowdStrike tezda xatoni topdi va şu kuni öz mahsulotiga tuzatiş kiritdi. Microsoft nosozlikdan jabrlangan kompaniyalarga yordam beriş uçun yuzlab dasturçilarni yönaltirdi, dedi korporativ xavfsizlik va operatsion tizimlar böyiça vitse-prezident Devid Ueston.

Germaniya ham jabrlangan davlatlar qatoriga kirdi, biroq 20 iyul holatiga köra, köplab sohalardagi vaziyat normal holatga qaytmoqda, deb ta’kidladi Axborot xavfsizligi federal boşqarmasi (BSI). CrowdStrike yangilanişiga xato kod qanday kirganligi hali töliq oydinlaştirilmagan, deya qöşimça qildi idora. BSI vakillari uşbu masala böyiça antivirus işlab çiqaruvçisi bilan faol aloqada.