Unda qayd etilişiça, Özbekistonning elektrotexnika sohasida mingga yaqin işlab çiqariş korxonalari faoliyat körsatmoqda. Şu bilan birga, sanoatning deyarli barça korxonalari xususiydir. Sanoatda band bölganlarning umumiy soni esa 35 mingdan ortiq kişini taşkil etadi.

"2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasida 2026 yilga kelib sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmini 1,4 baravar, şu jumladan, elektrotexnika sanoatida yuqori qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş hajmini 2 baravar va eksport hajmini 3 baravar oşiriş közda tutilgan", – deyiladi portalda.

Şu bilan birga, maqolada yozilişiça, 2027 yil 1 yanvargaça elektrotexnika sanoati korxonalari foyda va mulk soliğini 50 foizga kamaytirdilar. Bundan taşqari, öz işlab çiqariş ehtiyojlari uçun import qilinadigan xomaşyo, butlovçi qismlar va uskunalarga bojxona tölovlaridan ozod qiliş böyiça imtiyozlar uzaytirildi.

Şuningdek, maqolada Özbekistonda qiymati 260 million dollardan ortiq bölgan 800 dan ortiq yangi investitsiya loyihalari, jumladan, 50 million dollarlik 120 kabel işlab çiqariş, 115 million dollarlik 380 maişiy texnika, 40 million dollarlik 60 energiya uskunalari va 58 million dollarlik 250 boşqa elektrotexnika loyihalari işga tuşirilgani xabar qilingan.