Toşkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) huzuridagi akademik litseylarga 2024/2025 öquv yili uçun hujjat topşirgan abituriyentlar uçun test sinovlari kuni va vaqti quyidagiça belgilandi:
- Toşkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey - 2024 yil 27 iyul kuni soat 07:30 da, Toşkent şahri, Amir Temur köçasi, 107-uy manzilida joylaşgan «Özekspomarkaz» milliy körgazmalar majmuasining 2-pavilyonida, Toşkent şahri Islom Karimov şoh köçasi, 98 «A» uyda joylaşgan «Yoşlik» sport majmuasida.
- Namangan viloyat akademik litseyi - 2024 yil 27 iyul kuni soat 07:30 da, Namangan şahri, Istiqlol köçasi 3-uy Barkamol avlod sport majmuasi markaziy arenasida;
- Samarqand viloyat akademik litseyi - 2024 yil 27 iyul kuni soat 07:30 da, Samarqand şahri, Rödakiy köçasi, 243-uy manzilida joylaşgan Samarqand sport öyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslaştirilgan sport maktabida.
Abituriyentlar test sinovlariga kiriş uçun litsey.uzbmb.uz elektron platformasidan ruxsatnomani yuklab olib, uni çop etilgan holda soat 07:30 dan keçikmasdan, şaxsini tasdiqlovçi hujjat (tuğilganlik haqida guvohnoma yoki ID karta) bilan borişi lozim.
















