O‘zbekiston | 12:32 / 23.07.2024
2812
2 daqiqa o‘qiladi

Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash tizimi 3 yillik bo‘ladi

2024-2025 o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi va o‘quv jarayoni “blok-modul” tizimiga asoslangan dual ta’lim shaklida tashkil etiladi. 

Foto: Kun.uz

“Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi

2024-2025 o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi va o‘quv jarayoni “blok-modul” tizimiga asoslangan dual ta’lim shaklida tashkil etiladi. 

Bunda, o‘quv jarayonlarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ulushini:

1-bosqichda – 80 foiz nazariy va 20 foiz amaliy;
2️-bosqichda  – 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
3️-bosqichda  – 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy bo‘lishi nazarda tutiladi.

2024 yil 1 avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini ko‘rsatish obektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.

2027 yil 1 yanvargacha turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining amaliyot bazalarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun foyda solig‘i ushbu soliq bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘lanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid